Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 52 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Shahartepada yangi klinika faoliyat boshladi

×

 2019-12-05 16:34:07    270

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar sifatini tubdan oshirishga, sog‘liqni saqlash davlat tizimining kadrlar salohiyatini mustahkamlashga, tibbiyot muassasalarining resurslar salohiyatini yaxshilashga qaratilgan sog‘liqni saqlashni isloh qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Qo‘shtepa tumanida ham tibbiyot muassasalari faoliyatini takomillashtirish, ularni zamonaviy tibbiy jihoz, uskunalar bilan taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shuningdek, tumanning olis hududlaridagi fuqarolarga tibbiy xizmat turlari sifatini yaxshilash maqsadida xususiy klinikalar ham ochilmoqda.

Kuni kecha “SHAHARTEPA MEDICAL” xususiy korxonasiga qarashli Revmatologiya klinikasi foydalanishga topshirildi.

Ushbu tibbiy muassasaga tajribali vrach va hamshiralar jalb etildi. Endilikda malakali mutaxassislar tomonidan hududdagi fuqarolarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatiladi.