Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“SizdanTelegram” kanaliga joylangan “Chiroq sutkalab bo‘lmaydi, gaz yo‘q: mutasaddilar esa muammolarga loqayd” nomli videoga MUNOSABAT

×

 2019-12-04 19:58:34    196

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yilning 4-dekabr kuni “SizdanTelegram” kanalida “Chiroq sutkalab bo‘lmaydi. Gaz yo‘q. Mutasaddilar esa muammolarga loqayd”, - degan sarlavhada video joylandi.

Ushbu videolavha Farg‘ona viloyati, Qo‘shtepa tumani, Oqtepa qishlog‘idagi fuqarolar tomonidan “SizdanTelegram” kanaliga yuborilgan.

Sarlavhani o‘qigan har bir obunachi “Hali hamon hududlarda elektr muammosi bartaraf etilmayapti ekan”, - degan hayolga boradi. Аslida esa 1-dekabr kunidan boshlab Qo‘shtepa tumanining har bir mahallalaridagi elektr bilan bog‘liq muammolar bartaraf etilib, fuqarolar elektr taʼminotidan uzluksiz foydalanmoqda.

Murojaat bo‘yicha tuman elektr taʼminoti korxonasi masʼul vakillari bilan bog‘lanib, ushbu masalaga oydinlik kiritildi.

Mutaxassislarning maʼlum qilishicha, 21-noyabr kuni ob-havoning keskin sovib ketishi, yog‘ingarchilik va kuchlanish natijasida hududdagi 48-TPdagi bitta fazada vaqtincha uzilish bo‘lgan. Ishchi guruh tomonidan shu kunning o‘zida ushbu TP taʼmirdan chiqarilgan. Kechga yaqin TP ga kuchlanish qo‘shilib, qaytadan elektr uzilishi yuzaga kelgan. Videoda aks etgan jarayon esa elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar paytida yaʼni 22-noyabr kuni kech soat 19:00 da olingan.

Biroz vaqt o‘tib ishchi guruh tomonidan TP taʼmirlanib, 90 ta xonadonga elektr yetkazib berildi va shu kuni soat 19:40 da kamchiliklar to‘liq bartaraf etildi.

Ushbu holatda elektr uzilishlariga tuman elektr taʼminoti korxonasi emas, balki shu hududdagi TP ga kuchlanishning ortib ketganligi sabab bo‘lgan.

Zamon shiddat bilan rivojlanib bormoqda. Kechagi kun bilan bugungi kunni taqqoslash juda mushkul.

“SizdanTelegram” kanali admini oradan qariyb 12 kun o‘tib ketgan bo‘lsada, ushbu videoni joylash orqali nimaga erishmoqchi? Yoki maqsad aholi orasida norozichilik kayfiyatini avj oldirishmi? Muammoning hal bo‘lgani bilan esa ularning ishi ham yo‘q.

Fuqarolarimizdan esa bunday asossiz ravishda berilayotgan maʼlumotlarga ishonib qolmasliklarini so‘rab qolamiz.