Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 52 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Hech kim mehr va e’tibordan chetda emas!

×

 2019-12-03 14:41:56    273

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish, ularni mehnat faoliyatiga keng jalb qilish orqali hayot sifati va darajasini oshirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Har yili 3-dekabr sanasida nogironligi boʻlgan shaxslar kunining nishonlanishidan asosiy maqsad ham butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron boʻlmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosida ishtirok etishini, nogironlarning manfaatlari, huquqlari inobatga olinishini, barcha mamlakatlarda nogironlarning qadr-qimmatini himoyalovchi qonunlar va tartib-taomillarning joriy etilishini taʼminlab, barcha uchun ochiq va doʻstona boʻlgan jamiyat qurishdan iboratdir.

Qoʻshtepa tumani hokimligi tomonidan 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bayram tadbiri tashkil etildi.


Tadbirni tuman hokimi kirish soʻzi bilan ochib berdi va yurtimizda nogironligi boʻlgan shaxslarning manfaatlari himoya qilinishi, ularni jamiyatimizning toʻlaqonli aʼzosi ekanliklarini koʻrsatish maqsadida turli tadbir va islohotlar amalga oshirilayotganligi va paralimpiya boʻyicha oʻtkazilayotgan musobaqalarda ham chempionlarimiz soni ortib borayotganligi xususida toʻxtalib oʻtdi, hamda sovg'alar ulashdi.


Tadbir davomida Paralimpiya boʻyicha jahon arenalarida bir necha bor gʻoliblik shoxsupasini egallagan Yorqinbek Odilov soʻzga chiqib, sport bilan muntazam shugʻullanish natijasida erishgan yutuqlarini taʼkidlab oʻtdi.


“Xalqaro nogironlar kuni”ga bagʻishlab oʻtkaziladigan bugungi tadbirlar ham nogironlarga ijtimoiy yordam koʻrsatish, moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyatda oʻz oʻrinlarini egallashlariga imkoniyatlar yaratish borasida respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada Muhtaram Prezidentimiz tomonidan nogironlarga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlik, keng jamoatchilikning ham bu savobli ishlarda faol ishtirokining yorqin namunasidir.


Tadbirda sanʼatkorlar tomonidan kuylangan kuy-qoʻshiqlar, nogironlar tomonidan ijro etilgan raqslar ularning kayfiyatini koʻtarishga va hayotga boʻlgan ishtiyoqini yanada oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.