Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Majburiy ijro byurosi Qo‘shtepa tumani bo‘limiga kelib tushgan murojaatlar ijobiy hal etilmoqda

×

 2019-11-30 14:51:41    459

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektr energiya va tabiiy gaz yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5059-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida 2019 yilning 10 oyi davomida MIBning Qo‘shtepa tumani bo‘limi tomonidan isteʼmolchilarning energiya resurslaridan bo‘lgan debitor qarzdorligini kamaytirish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, 2019 yil 1-yanvar holatiga debitor qarzdorlik elektr energiyasidan 3 mlrd. 357 mln. so‘mni, 2019 yil 1-oktyabr holatiga esa 3 mlrd. 165 mln. so‘mni tashkil etdi, debitor qarzdorlik 191 mln. so‘mga kamaydi.

Tabiiy gazdan debitor qarzdorlik 2019 yil 1-yanvar holatiga 754 mln. so‘mni 2019 yil 1-oktyabr holatiga esa 456 mln. so‘mni tashkil etdi, debitor qarzdorlik 298 mln. so‘mga kamaydi.

Ichimlik suvi va oqava xizmati bo‘yicha debitor qarzdorlik 2019 yil 1-yanvar holatiga 901 mln. so‘mni 2019 yil 1-oktyabr holatiga esa 384 mln. so‘mni tashkil etdi va debitor qarzdorlik 520 mln. so‘mga kamayishiga erishildi.

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan sohaga oid kelib tushgan har bir murojaatlar alohida nazoratga olinib, o‘rganilmoqda.

Xususan, fuqaro S.Rahmonova yashash xonadoniga o‘rnatilgan elektr hisoblagich nosozligi sababli yashash xonadoniga yangi elektr hisoblagich o‘rnatilishida amaliy yordam so‘rab hududiy elektr taʼminoti korxonasiga bir necha marotaba murojaat qilgan, biroq ushbu murojaat to‘liq o‘rganilmasdan kelinayotganligi bois, MIBning Qo‘shtepa tumani bo‘limiga murojaat qildi.

Bo‘lim tomonidan fuqaro S.Rahmonovaning yashash xonadoniga soha mutaxasislari bilan borilganida xonadonga o‘rnatilgan DDS-28U rusumli elektr hisoblagich nosozligi aniqlandi. Fuqaro S.Rahmonovaga foydalanilgan elektr energiyasi uchun hisoblangan 300.000 so‘m umidsiz qarzdorlik bartaraf etilib, yangi elektr hisoblagich o‘rnatib berildi va “elektr hisob” dasturiga kiritilishi taʼminlandi.


Muhammadjon SАBIROV,

Bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari