Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Tuman hokimi fuqarolar bilan uchrashdi

×

 2019-11-29 18:47:01    154

PDF yuklash
Chop etish


Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga asosan, qishki mavsumga tayyorgarlik ko‘rish, fuqarolarning eʼtirozlari va murojaatlariga sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etish maqsadida barcha darajadagi hokimlar va sektorlar rahbarlari tomonidan hududlardagi aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Bunda asosan, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi past, chekka va olis hududlardagi muammolarning yechimini taʼminlash, aniqlangan muammolarni imkon qadar joyida hal etilishiga erishish, muddat va mablag‘ talab etadigan masalalar bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Bugun tuman hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov hamda tumandagi barcha tashkilot rahbarlari Soy bo‘yi mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 40-umumiy o‘rta ta’lim maktabi va Yangido‘kon mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabida mahalla fuqarolari bilan uchrashdilar.

Uchrashuvda tuman hokimi bu yil paxta rejasini birinchi bo‘lib bajarganligimiz uchun tumanimizga 5 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratilganligi va ushbu mablag‘ni qaysi sohalar kesimida taqsimlanganligi haqida to‘xtalib o‘tdi.



Shuningdek, uchrashuvda mahalla faollari tomonidan hududdagi yechimini kutayotgan muammolar bo‘yicha tuman hokimiga murojaat qildilar.  Murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilot vakillari muammoning yechimi va aniq muddatini aytib o‘tdilar.


Uchrashuvlar davom etmoqda