Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 160 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yer solig‘i va yagona yer solig‘i bo‘yicha to‘lash muddatini uzaytirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

×

 2019-11-28 09:20:45    180

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 noyabr kungi 951-sonli qarori bilan Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yer solig‘i va yagona yer solig‘i bo‘yicha to‘lash muddatini uzaytirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yer solig‘i, yagona yer solig‘ini to‘lash muddati mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan moliyaviy holati soliq qarzdorligini belgilangan muddatda to‘lashga imkon bermaydigan yuridik shaxslar uchun uzaytiriladi.

Bunda quyidagi asoslardan biri mavjud bo‘lishi kerak:

agar soliqlar, penyalar va jarimalar bo‘yicha qarzdorlikning bir martalik to‘lovi soliq to‘lovchini bankrotlikka olib kelsa;

soliq to‘lovchining ishlab chiqarish va (yoki) tovarlar va xizmatlar realizatsiyasi mavsumiy xususiyatga ega bo‘lsa;

soliq to‘lovchiga tabiiy ofat, texnologik falokat yoki yengib bo‘lmaydigan kuchlarning boshqa holatlari natijasida zarar yetkazilgan taqdirda.

Soliq to‘lashning muddati 1 oydan 24 oygacha:

soliq qarzdorligining butun summasiga yoki uning bir qismiga yoki kelgusida yuzaga keladigan soliq qarzdorligiga nisbatan;

mazkur Nizomda nazarda tutilgan bir soliq yoki soliqlarning bir necha turi bo‘yicha uzaytirilishi mumkin.

Soliqlarni to‘lash muddatini uzaytirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlarining tegishli qarorlari asosida amalga oshiriladi.


Qo‘shtepa tumani Davlat soliq inspeksiyasi