Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Sog‘lik – bebaho boylik

×

 2019-11-27 17:54:13    558

PDF yuklash
Chop etish


Tani joni sog‘, jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan inson borki hayotning har damidan bahra olib yashashga intiladi. Mamlakat taraqqiyotini yanada yuksaltirish yo‘lida o‘z tanlagan sohasida, o‘qishga, ishlashga va albatta muvaffaqiyatlarga erishishga harakat qiladi. Mana shu yuksak maqsadlar ila umrguzaronlik qilib kelayotgan oramizdagi odamlarga ozgina turtki, ko‘mak bo‘lsa bas, kutganingizdan-da yuqori ko‘rsatkichlarni zabt eta olishi mumkin.

Kechayu-kunduz tinim bilmay bemorlarning ko‘nglini olib, ularning dardiga darmon bo‘layotgan tibbiyot xodimlari alohida eʼtirofga loyiq. Ular sabab kelajak avlod sog‘lom dunyoga kelmoqda.

Tibbiyot xodimlari tomonidan hududlar bo‘ylab o‘tkazilayotgan tibbiy ko‘riklar natijasida ko‘plab yurtdoshlarimizning dardlariga shifo topib, tibbiy maslahatlar olmoqda.

Xuddi shunday ko‘riklardan yana biri tumandagi Bo‘ston mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 32-umumiy o‘rta taʼlim maktabida tashkil etildi. Viloyat va tuman tibbiyot tor doiradagi mutaxassislari kun davomida tibbiy ko‘rikka kelgan fuqarolarni ko‘rikdan o‘tkazildi, ularga tegishli tavsiyalar berildi.