Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Tashabbus tadbirkorlikka, tadbirkorlik taraqqiyotga yetaklaydi
2019-11-23 09:44:28 909
Qo‘shtepa tumanidagi “Coworking” markazi faollar zalida davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirokida “Tadbirkorlarga murojaatnoma” asosidagi 9 ta yo‘nalish tahlili bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.
Unda tuman hokimining o‘rinbosarlari, tumandagi tashkilot rahbarlari, tadbirkorlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvda tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Baxtiyorjon Taniqulov tadbirkorlar bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ularning faoliyatiga to‘sqinlik qiluvchi har qanday to‘siqlar bartaraf etilishi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishini taʼkidlab o‘tdi.
Muzokarada har bir yo‘nalish bo‘yicha mutasaddi tashkilot rahbarlarining hisoboti va axboroti eshitildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida tadbirkorlik subyektlari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Muammoli masalalar o‘rganib chiqilib, tegishli tavsiyalar berildi.