Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Hokim qabuli:Har bir murojaat nazoratga olindi
2019-11-19 18:03:29 352
Qo‘shtepa tumani hokimi Ilyos Novikovning navbatdagi qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida tuman fuqarolari tomonidan uy-joy, elektr, sog‘liqni tiklash uchun moddiy yordam, suyultirilgan gaz baloni olish, tadbirkorlik qilish uchun kredit, xajga borish uchun amaliy yordam va boshqa masalalarda murojaatlar qilindi.
Qabulda hokim fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbatlashib, murojaatlarini birma-bir tingladi. Ular qo‘ygan muammolar bo‘yicha hokim o‘rinbosarlari, tumandagi xalq qabulxonasi va boshqa tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida zarur choralar ko‘rdi. Аyrim murojaatlarda ko‘rsatilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.