Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Hududlardagi muammolar bartaraf etilmoqda
2019-11-18 20:02:52 360
Kuz-qish mavsumi boshlanishi bilan har bir hududdagi aholining tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyoji yanada ortadi. Shu o‘rinda baʼzi o‘zini o‘ylab, yashirincha yo‘llar bilan turli vositalar orqali tabiiy gazdan foydalanayotgan “fuqarolar” natijasida turli norozichilik kayfiyati kelib chiqmoqda.
Yaqin kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda ham ushbu masalalarda turli murojaatlar ommalashayotganligini ko‘rish mumkin.
Аna shunday muammolarni bartaraf etish maqsadida Qo‘shtepa tumani hokimi Ilyos Novikov va barcha darajadagi rahbarlar tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida oddiy odamlar bilan uchrashib, ularning murojaatlarini ijobiy hal etilishiga ko‘maklashmoqda.
Shunday uchrashuvlardan biri “Nurafshon” MFYda ham o‘tkazildi. Unda tuman hokimi mahalla faollari tomonidan aytilgan hududdagi muammolarni tingladi.
Mahalla fuqarolar yig‘ini raisi O.Dadaboev mahallada yangi uy-joylar qurilib, xo‘jaliklar soni ortayotganligi uchun elektr tarmoqlarida uzilishlar tez-tez bo‘layotganligi va yangi xo‘jaliklarga alohida transformator o‘rnatib berish, mahallada yangi tayanch ustunlar o‘rnatilganligi va ularga elektr simlarini tortib berilishida amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.
Tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbari А.Yusupov 2020 yilning birinchi choragi yakuniga qadar ushbu masalani ijobiy hal etishga vaʼda berdi.
Shuningdek, mahallada tabiiy gaz masalasida ham ba’zi muammolar uchrayotganligi, qariyb ikki yildan buyon tabiiy gaz uzib qo‘yilganligi sabab fuqarolar qish mavsumida qiyinchiliklarga duch kelayotganligi aytib o‘tildi.
Maʼlumot o‘rnida ushbu MFY “Vodiygaztaʼminot” UK Marg‘ilon shahar filiali tomonidan tabiiy gaz bilan taʼminlanib kelinayotgan edi. 2017 yilda filial tomonidan mahalla hududida tabiiy gaz ta’minotida tanqislik yuzaga kelganligi, gaz yetib bormaydigan va gaz ta’minoti qoniqarsiz ahvolda bo‘lgan xonadonlarni suyultirilgan gaz balonlari bilan ta’minlash haqida fuqarolarga yetkazish bo‘yicha ogohlantirish xati yuborilgan. Shundan so‘ng tarmoqdan uzib qo‘yilgan. Hozirda hudud aholisi suyultirilgan gaz balonlari bilan doimiy ravishda taʼminlanib kelinmoqda.
Uchrashuv davomida MFY raisi mahallani tabiiy gaz bilan ta’minlash bo‘yicha tegishli tartibda ish olib borilayotganligi va yaqin kunlarda natija bo‘lishiga harakat qilinayotganligini ma’lum qildi.
Shu kabi uchrashuvlar natijasida yuzaga kelayotgan muammolar o‘rganilib, ularning yechimi bo‘yicha tegishli tartibda choralar ko‘rilishiga erishish mumkin.