Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
DEBAT QIZG‘IN O‘TDI
2019-11-13 08:46:43 912
Joriy yilning 12 noyabr kuni Xalqaro matbuot markazi Farg‘ona viloyati bo‘limida siyosiy partiyalar vakillari ishtirokida saylovoldi targ‘iboti doirasida debat o‘tkazildi.
Debatda ommaviy axborot vositalari va blogerlar ham ishtirok etdilar.
Farg‘ona viloyati Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodi tavsiya etilgan partiya faoli Umidjon Jabborov, shuningdek, O‘zXDP, O‘zLiDeP, “Аdolat” SDP, Ekologik partiyalarning vakillari ikki soatdan ortiq vaqt davomida jurnalist va blogerlarning ko‘plab savollariga javob qaytardilar.
Debat viloyat televideniyesi, “Ruxsor” telekanali, viloyat radiosi, bosma OАVlar va ijtimoiy tarmoqlarda yoritilishi ko‘zda tutilgan.