Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Qars ikki qo‘ldan chiqadi yohud fuqarolarning talabi to‘g‘rimi?
2019-11-12 18:35:31 682
Qo‘shtepa tumani hokimi, tuman 1-sektori rahbari Ilyos Valeriyevich Novikov haftaning har seshanba kunlari tuman Xalq qabulxonasida fuqarolarni qabul qilib, ularning muammolarini ijobiy hal etib kelmoqda.
Ushbu qabullarga tumanimiz fuqarolari o‘zlarining muammolariga ijobiy yechim topish maqsadida tashrif buyurayapti va tumandagi barcha tashkilot rahbarlari ishtirokida tashkil etilayotgan qabullarda o‘z murojaatlarining aniq yechimi bo‘yicha tushunchalarni olib, tuman hokimiga o‘z tashakkurlarini izhor etgan holda uylariga qaytmoqda.
- Tumandagi har bir xonadonda yashayotgan fuqarolarimizning muammosini imkon qadar ijobiy hal etilishi bo‘yicha tizimli ishlarni olib bormoqdamiz, - deydi tuman hokimi. – Fuqarolarimizning bunday qabullarga ehtiyoj sezmazliklari uchun kerak bo‘lsa tinim bilmay ish olib boramiz. Har bir murojaatning tegishli tashkilot rahbarlari bilan qonuniy yechimini topamiz va tumanimizni har sohada birinchi bo‘lishi uchun astoydil harakat qilamiz.
Taʼkidlash joizki, “Tuman hokimi yoki tashkilot rahbarlari barcha muammolarni hal etib berishi kerak”, - degan fikrlarni ommalashtirishdan, boqimandalikdan holi bo‘lish uchun har birimiz yuzaga chiqayotgan muammolarni bartaraf etish choralarini ham bir o‘ylab ko‘rishimiz kerak. “Qars ikki qo‘ldan chiqadi”, deganlaridek birdamlik bilan ko‘plab cho‘qqilarni zabt etish mumkin.