Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Tinch va osoyishta davlatning kelajagi mustahkam
2019-11-12 16:17:05 924
Shunday insonlar borki, o‘zi yashayotgan hududning osoyishtaligi uchun jon kuydiradi. Mahalladagi har bir holatdan xabardor bo‘lib, turli zararli illatlarning kirib kelishiga to‘sqinlik qilishga intilib yashaydi. Lekin baʼzi hollarda bunday fidoiylarning mahalla-ko‘ydagi xonadon vakillariga qilayotgan o‘rinli nasihatlari, farzandlarining yurish-turishi haqidagi ogohlantirishlari ularga malol kelib qolish holatlariga ham guvoh bo‘lganmiz. Bu esa baʼzi “yoshlarning” o‘z bilganicha yashashi, jinoyatga qo‘l urishiga ham sabab bo‘lmoqda.
Tuman hokimligi katta majlislar zalida tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari va profilaktika inspektorlari, taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish mavzusidagi yig‘ilishda ham aholi, ayniqsa voyaga yetmagan yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik, jinoyatchilik hamda o‘z joniga qasd qilish holatlarini oldini olish masalasi atroflicha muhokama etildi.
Tadbirda Qo‘shtepa tumani hokimi Ilyos Novikov, viloyat Ichki Ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Ilhom Ergashev, tuman IIB boshlig‘i Sodirjon Аbdullayev hamda tuman hokimi o‘ribosari Akmaljon Yusupovlar joriy yilning 10 oyi davomida tumanda sodir etilgan umumiy jinoyatchilik holatlari xususida to‘xtalib o‘tdilar.
Tadbir so‘ngida jinoyatchilikka barham berish uchun tumandagi Mahalla fuqarolar yig‘inlari, Ulamolar kengashi, Nuroniy, Yoshlar ittifoqi, oila markazi va profilaktika inspektorlari bilan birgalikda bajarilishi lozim bo‘lgan galdagi vazifalar belgilab olindi.