Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Harakat xavfsizligini taʼminlash har birimizning muhim vazifamizdir
2019-11-12 16:02:59 265
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qo‘shtepa tuman kengashi hamda tuman IIB Yo‘l harakati xavfsizligi guruhi hamkorligida tumandagi Yoshlar markazida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad 2019-2020 o‘quv yilining ikkinchi choragi boshlanganligi va yaqinlashayotgan qish mavsumida o‘quvchilarning xavfsizligini taminlashdan iboratdir.
Davra suhbatida tumandagi mutasaddi tashkilot rahbarlari hamda umumiy o‘rta taʼlim maktablari boshlang‘ich tashkilot yetakchilari ishtirok etdilar.
Tuman IIB Yo‘l harakati xavfsizligi guruhi boshlig‘i Shuhratjon Qosimov tuman hududidagi avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini taʼminlash, yo‘l transport hodisalarini oldini olish, tuman aholisi, haydovchilari, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida yo‘l harakati qoidalarini targ‘ibot va tashviqot qilish ishlarini yanada keng doirada amalga oshirish kerakligini taʼkidlab, barchani ogohlikka chorladi.
Shohrux RAHMONBERDIYEV,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qo‘shtepa tuman kengashi bosh mutaxassisi