Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Yosh avlodning ertangi kuni uchun barchamiz mas’ulmiz
2019-11-06 15:42:16 332
Qo‘shtepa tumani hokimligi Madaniyat bo‘limi Madaniyat markazi tomonidan “Eshonguzar” MFY hududida joylashgan 49-umumiy o‘rta taʼlim maktabida “Shu aziz Vatan - barchamizniki” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.
Ushbu tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad yoshlar o‘rtasida Vatanga muhabbat va sadoqat, insonparvarlik tuyg‘ularini yanada kengroq shakllantirish, milliy urf-odatlar, anʼanalar va qadriyatlarimizning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini har tomonlama ochib berish hamda diniy ekstremizmni oldini olishdan iboratdir.
Tadbirni 49-umumiy o‘rta taʼlim maktabi musiqa fani o‘qituvchisi Shukrullo Аkbarov ochib berdi.
Tadbir davomida maʼruzachilar o‘z nutqida diniy ekstremizmning yoshlar ongiga taʼsiri va uning qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishi haqida to‘xtalib, uning taʼsiriga tushib qolmaslikka va ogohlikka chorladilar.
Shundan so‘ng Istiqlol Madaniyat markazi qoshida tashkil etilgan Qo‘g‘irchoq teatri rahbari Аbduqaxxor Normatov hamda to‘garak aʼzolari tomonidan “Bo‘g‘irsoq” ertagi namoyish etildi.
Shuningdek, honandalar Sayidvali Аzimov va 15-sonli BMSM Аnʼanaviy honandachilik bo‘limi o‘quvchisi Lazizbek Maʼmurovlar tomonidan ijro etilgan Vatanni madh etuvchi qo‘shiqlar maktab o‘quvchilariga birdek manzur bo‘ldi.
Lazizxon SАIDOV,
Qo‘shtepa tumani Madaniyat bo‘limi bosh mutaxassisi