Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Mening ovozim - Vatanim kelajagi
2019-10-30 15:49:20 310
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga 2019 yil 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish jarayonida, saylovchilarning huquqiy madaniyati darajasi yanada yuksaltirish maqsadida joylarda qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qo‘shtepa tuman Kengashi tomonidan tumandagi Yoshlar markazida “Saylov qonunchiligi targ‘iboti oyligi” doirasida saylovda ilk bor ishtirok etuvchi tumandagi yoshlar bilan “Mening ovozim-vatanim kelajagi” mavzusida seminar tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi raisi A.Abdumalikov, tuman adliya bo‘limi rahbari A.Xomidov, 109-Qo‘shtepa okrug saylov komissiyasi raisi M.O‘raqovlar ishtirok etdi.
Ma’ruzachilar tomonidan yosh saylovchilarni siyosiy savodxonliklarini yanada boyitish maqsadida saylov jarayonlari bo‘yicha tushunchalar berildi.
Seminar davomida saylovda ilk bor ishtirok etadigan tuman yoshlari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.
Shoxrux RAHMONBERDIYEV,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi bosh mutaxassisi