Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Tuman hokimi fuqarolarni qabul qildi
2019-10-29 17:56:21 310
Tuman Xalq qabulxonasida tuman hokimi fuqarolarni qabul qildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan suyultirilgan gaz balonlari bilan taʼminlash, moddiy yordam, bandlik, uy-joy, elektr, ko‘chalar taʼmiri, asfaltlashtirish, bank krediti olish kabi masalalar bo‘yicha murojaatlar qilindi.
“Qorajiyda” MFY Zamondosh ko‘chasida yashovchi fuqaro K.Qodirova qizi D.Xusanboyevani yurak operatsiyasi uchun yordam so‘rab murojaat qildi. Ushbu murojaat joyida ko‘rib chiqildi va tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i O.Murodov tomonidan fuqaroning davolanishida amaliy yordam ko‘rsatilishi aytildi.
“Fayz” MFY Oydinko‘l ko‘chasida yashovchi fuqaro D.G‘ofurova o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashish masalasida murojaat qildi. Murojaat joyida ko‘rib chiqildi va tuman bandlikka ko‘maklashish markazi rahbari tomonidan fuqaro bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirildi.
“Qorakaltak” MFY Shaftolibog‘ ko‘chasida yashovchi fuqaro M.Mahmutaliyeva farzandi Farg‘ona Politexnika institutida to‘lov kontrakti asosida o‘qiyotganligi hozirda kontrakt pulini to‘lash uchun mablag‘i yo‘qligi sabab moddiy yordam so‘rab murojaat qildi. Ushbu murojaat bo‘yicha AT Xalq banki Qo‘shtepa filiali boshqaruvchisi R.Ummatovga fuqaroga ta’lim krediti olishda amaliy yordam ko‘rsatishi aytildi.
Fuqarolarning har bir murojaatlari o‘rganib chiqildi, maʼlum muddat vaqt talab etadigan muammolar yuzasidan murojaatchilarga tushuntirishlar berildi.