Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“Ozodlik” radiosining “Facebook”dagi sahifasida tarqalgan xabarga Qo‘shtepa tumani hokimligi axborot xizmatining munosabati
2019-10-29 16:43:05 266
26 oktyabr kuni “Ozodlik” radiosining “Facebook” ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida “Faol terimchilarga vada qilingan yog‘ni kim “tuya” qilmoqda?” sarlavhasi ostida xabar joylandi.
Xabarda “Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani Do‘rmon shaharchasi(aslida MFY)da 30 kilogrammdan paxta tergan hasharchilarga hokimlik sovg‘asi sifatida paxta yog‘i beramiz deb vada qilishdi. Аmmo 30 kilogrammdan oshiq terayotgan bo‘lsak-da, paxta yog‘i berilmayapti, - degan aniq fakt va asosga ega bo‘lmagan xabar tarqalgan. Izohda bu xabar “Paxtagram”ga 22 oktyabr kuni kelganligi aytilgan.
Yuqoridagi xabar bo‘yicha shuni maʼlum qilamizki, “Do‘rmon” MFY raisi Z.Shokirov, “J.Jahonov-Do‘rmon” MMTP raisi X.Rahimovlarning bergan maʼlumotlariga asoslanib, aynan shu kuni “J.Jahonov-Do‘rmon” MMTPga qarashli fermer xo‘jaliklari yaʼni “Ziyodullo Аsadullo”, “Zamin Ziyo barakasi”, “Yaxshi niyat fayz ko‘rki” va “Аbdusamad Jasurbek yeri” paxta maydonlarida fermer xo‘jaligi aʼzolari hamda xonadonlardan chiqqan terimchilar paxta tergan. Shuningdek, terilgan paxta uchun pullarini o‘z vaqtida olish bilan birga, tuman hokimi, tumandagi “FERGANA GLOBAL TEXTILE” MChJ rahbari tashabbusi bilan terimchilarni rag‘batlantirish maqsadida keltirilgan paxta yog‘lari 30 kilogramm paxta tergan terimchilarga mukofot tariqasida 1 kilogrammdan paxta yog‘i jadval asosida tarqatilgan.
Yuqorida keltirib o‘tilganlarni inobatga olgan holda “Ozodlik” radiosi tomonidan chiqarilgan ushbu xabar asossizdir.