Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Umumtaʼlim maktablarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligi oshirilmoqda
2019-10-22 18:42:23 312
Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qo‘shtepa tuman bo‘linmasi tomonidan tumandagi 3-47-umumtaʼlim maktablarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-may kungi «Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-4307-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishildi, hamda davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbati davomida ushbu qarorda belgilab berilgan vazifalar mazmun-mohiyati to‘g‘risida atroflicha tushunchalar berildi. Yuqori sinf o‘quvchilariga maktab hududida tig‘li buyumlar olib yurmaslik, mobil telefon aloqalaridan foydalanmaslik, kiyinish madaniyati hamda darsga o‘z vaqtida muntazam qatnashishlari kerakligi taʼkidlab o‘tildi.