Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 91 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O‘zbekistonda Prezident universiteti tashkil etiladi

×

 2019-10-17 18:01:51    215

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekistonda Prezident universiteti tashkil etiladi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi rahbariyati va oliy o‘quv yurtlari rektorlari ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi. 

O‘zAning yozishicha, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida Prezident universitetini tashkil etish ham ko‘zda tutilgan. 

Prezident universiteti — xalqaro standartlar va milliy an’analar uyg‘unligida yuqori malakali, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mustaqil fikrlaydigan, vatanparvar, professional kadrlarni tayyorlovchi yetakchi ta’lim va ilm-fan markaziga aylanadi. Shuningdek, Prezident universitetida ta’limga kredit-moduli tizimi joriy qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-2020 o‘quv yilidan O‘zbekiston Prezident maktablari faoliyat yurita boshladi.


www.vodiy24 saytidan olindi