Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SARHISOB: “OBOD QISHLOQ” VA “OBOD MAHALLA” DASTURI AMALDA

×

 2023-01-24 11:50:51    79

PDF yuklash
Chop etish



“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida 2022 yilda Qo‘shtepa tumanida keng ko‘lamli obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari olib borildi. Xususan, dastur doirasida elektr ta’minotini yaxshilash borasida ham ijobiy ishlar amalga oshirildi.

O’tgan yili “Obod qishloq” dasturi doirasida Langar mahallasidagi Xumo ko‘chasida TP-138 ni yuklamasini yengillatish uchun qo‘shimcha 1 dona transformator punkti o‘rnatish va 1.5 kilometr 0.4 kV tarmoq qurish rejalashtirilgan bo‘lib, 87 dona temir beton tayanchlar o‘rnatilib, 2,6 kilometr uzunlikda yangi tarmoq tortildi. KTPS rusumli, quvvati 160 kVA transformator punkti o‘rnatilib, ishga tushirildi.

Shuningdek, Bog‘ishamol ko‘chasida 65 dona temir beton tayanchlar o‘rnatilib, 1,5 kilometr yangi tarmoq qurildi. KTPS rusumli, quvvati 160 kVA transformator punkti o‘rnatilib, ishga tushirildi.




Yangiariq mahallasida ham ushbu dastur bo‘yicha TP-207 ni yuklamasini yengillatish uchun qo‘shimcha KTPS-160 kVA o‘rnatilib, 0.4 kV tarmoq qurish uchun 79 dona temir beton tayanchlar o‘rnatildi va 3,4 kilometr yangi tarmoq qurib bitkazildi.

Yangiariq mahallasidagi TP-209 ni yuklamasini yengillatish uchun 1 dona transformator punkti va 1.6 kilometr yangi tarmoq qurish belgilangan bo‘lib, 68 dona temir beton tayanchlar o‘rnatilib, 3 kilometr yangi tarmoq qurildi. KTPM rusumli, quvvati 100 kVA transformator punkti o‘rnatilib, ishga tushirildi.

Yangiariq MFY dagi 213-sonli, quvvati 160 kVA bo‘lgan transformator quvvati 250 kVA li transformatorga almashtirildi.

Dastur doirasida Langar va Yangiariq mahallalari hududida 4 dona yangi transformator punktlari va 299 dona temir beton tayanchlar o‘rnatildi. 10,6 kilometr uzunlikda yangi tarmoq qurib ishga tushirilgan bo‘lsa, 9 dona transformator punkti va 40,5 kilometr elektr uzatish liniyalari qurildi.

  




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram