Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Qo‘shtepa tuman hokimi Novikov Ilyos Valeriyevichning O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlangan B A Y R A M T A B R I G I

 2022-09-05 14:33:44    194

PDF yuklash
Chop etish


Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar, qadrli qo‘shtepaliklar!

Avvalo Sizlarni umummilliy bayramimiz, Vatanimiz tarixidagi buyuk sana – O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 31 yilligi bayrami munosabati bilan samimiy muborakbod etaman.

Muxtaram Yurtboshimiz tashabbusi bilan bu yilgi bayramni “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida kutib olayotganimiz zamirida inson huquq va manfaatlari, uning qadri, sha’ni va g‘ururini yetakchi o‘ringa olib chiqish ustuvor vazifamizga aylanganligi hamda mustaqillikning naqadar ulug‘ ne’mat ekanligi, shu ulug‘ va muqaddas Vatanda o‘tayotgan tinch-osuda hayotimiz, farovon turmushimizning qadriga yetish, uni asrab-avaylashdek ulug‘ g‘oya va maqsad mujassamdir.

Biz uchun yangi davr, erkin va ozod hayotni boshlab bergan shu qutlug‘ sanada xalqimiz qanday mashaqqatli va ayni vaqtda sharafli yo‘lni bosib o‘tganini yana bir bor chuqur his etamiz.  

Mana shunday ulug‘ ayyomda butun hayotini ozodlik uchun kurashga bag‘ishlagan, bu yo‘lda jon fido qilgan ota-bobolarimiz, mard va jasur yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltiramiz.

Aziz do‘stlar!

Mustaqillik tufayli biz dunyo hamjamiyatining teng huquqli a’zosi bo‘lib, yorug‘ kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan bunyod etmoqdamiz.

Biz uchun eng ustuvor vazifa bo‘lgan aholining hayot darajasi va sifatini yuksaltirish bo‘yicha katta hajmdagi ishlar amalga oshirilmoqda. 

Ayniqsa, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari tumanimizning eng chekka hududlariga ham yangilanish nafasini, bunyodkorlik ruhini olib kirmoqda. Odamlarning fikri, dunyoqarashi o‘zgarmoqda, qishloqda turmush madaniyati oshib bormoqda.

Joriy yilda ham “Obod qishloq” dasturi asosida tumanimizning Langar va Yangiariq mahallalarida katta hajmdagi bunyodkorlik ishlari davom etmoqda.

Bir yilda shunday katta hajmdagi bunyodkorlik ishlarini bajarish bundan 31 yil oldin ushalmas orzu, katta armon edi.

Mustaqil yurtimizning har jabhasida ana shunday keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Qadrli yurtdoshlar!

Tumanimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ham barqaror o‘sishga erishilmoqda, sanoat salohiyatini rivojlantirish, servis va xizmat ko‘rsatish dasturi loyihalari izchillik bilan amalga oshirilmoqda.

Qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar fermer xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda, tumanimizda paxta va g‘allachilik, chorvachilik, bog‘dorchilik va sabzavotchilik tarmoqlarini ham rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Meva-sabzavot yetishtirishni ko‘paytirish, eksport imkoniyatlaridan samarali foydalanish, qayta ishlashning istiqbolli tizimini yaratish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, qishloq mulkdori bugungi kunning peshqadam tadbirkoriga, jahon bozorining ishonchli ishtirokchisiga aylanmoqda.

Mamlakatimizda olib borilgan barcha islohotlar, reja va dasturlar amaliy sa’iy harakatlar avvalambor inson va uning manfaatlari,  farovon hayoti, xavfsizligi va orzu tilaklarining ro‘yobga chiqishi uchun qaratilgandir.

Aziz do‘stlar!

Barcha ishlarimizning zamirida yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik mujassam. Axir osudalik bor ekan, biz ertangi kunga yorug‘ umidlar bilan qaraymiz, yuksak marralarni ko‘zlab mehnat qilamiz.

Tinch ekanmiz, har bir kunimiz mazmunli kechadi, to‘ylar to‘ylarga ulanadi, xalqimiz uchun ardoqli, ulug‘ sanalarni keng bayram qilamiz.

Qadrli yurtdoshlar, aziz qo‘shtepaliklar!

Eng ulug‘, eng aziz ayyom-mustaqillik bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin. Ona vatanimizdan tinchlik va osoyishtalik, ahillik va hamjixatlik, fayzu baraka arimasin. Mustaqillik quyoshi Vatanimiz uzra abadiy porlayversin! Yana bir bor mustaqillik bayramingiz muborak bo‘lsin qadrdonlar!