Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 196 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

15 MAY - XALQARO OILA KUNI

 2022-05-15 10:13:11    204

PDF yuklash
Chop etish


Oila jamiyatimizning boshlang‘ich bo‘g‘ini, elimizning go‘zal urf-odatlari va qadriyatlarini o‘zida asrovchi muqaddas moʻjaz maskan. Ezguliklar oiladan boshlanadi, undan mahallaga ko‘chadi, jamiyatga kirib boradi.

BMT Bosh Assanbleyasining 1993 yil 15 may kunidagi rezolyusiyasiga asosan ushbu kun butunjahon oila kuni (International Day of Families) deb e’tirof etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyun kunidagi “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-3808 qaroriga asosan 15 may Xalqaro oila kuni sifatida keng nishonlanib kelinadi.

Oila jamiyatning asosiy elementi sifatida insoniy qadriyatlar, madaniyat va avlodlarning tarixiy davomiyligi, barqarorlik hamda rivojlanish omili bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qolmoqda. Oila tufayli davlat mustahkamlanadi va xalqning turmush farovonligi ortadi.

O‘zbek oilalarining aksariyati o‘zining shaxsiy farovonligi to‘g‘risida emas, balki oilasining, qarindosh-urug‘larining va yaqin insonlarining, qo‘shnilarining omon-esonligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bu esa, eng oliy darajada ma’naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir.

Barchangizni 15 may – Xalqaro oila kuni bilan chin ko‘nglimdan tabriklayman. Hamisha oilamiz tinch, ko‘nglimiz xotirjam bo‘lsin!

Cheksiz hurmat bilan,

Novikov Ilyos Valeriyevich,

Qo‘shtepa tumani hokimi.