Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2022-01-14 19:39:51    115

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash hamda ijobiy hal etish maqsadida Karnaychi mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi. Qabul davomida 14 nafar fuqarolar 15 ta masalalar bilan murojaat qildilar. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammo va takliflarni o‘rganib chiqib, ijobiy hal etish yuzasidan mas’ul korxona va tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.



Qiyqi mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi hamda Yoshlar ishlari agentligi vakiliga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga hokim yordamchisi va yoshlar vakili ish faoliyatini samarali tashkil etish hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ajratilgan xonalarni zamonaviy orgtexnika vositalari va mebel jixozlari bilan ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Tumanda yoshlar bilan ishlash, ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikka yo‘naltirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida “Yoshlar dasturi” doirasida 2022 yilda amalga oshiriladigan ishlar o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga dasturda belgilangan rejalarni to‘liq bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Tuman rahbari tomonidan Maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 33-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida mahalliy byudjed mablag‘lari hisobidan olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan mutasaddi rahbarlarga qurilish ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash hamda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Tumanda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan fermer xo‘jaliklari tomonidan 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekinlarini parvarishlash, mahalliy o‘g‘it jamg‘arish, sho‘r yuvish hamda sug‘orish ariqlari va zovurlarni tozalash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekin maydonlarini sharbat usulida sug‘orish, mahalliy o‘g‘it jamg‘arish, sho‘r yuvish hamda sug‘orish ariqlari va zovurlarni tozalash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram