Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 61 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“MAHALLABAY” ISHLASH TIZIMI YANGI BOSQICHDA

×

 2022-01-11 14:35:31    126

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanida “Mahallabay” ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida tayinlangan hokim yordamchilari o‘z faoliyatini olib bormoqdalar.

Endi hokim yordamchisi mahallada tadbirkorlarning loyihalariga yordam beradi, kasb-hunarga o‘qitish, tomorqa, bo‘sh yer va binolardan unumli foydalanishni tashkil etadi. Bu orqali, yangi ish o‘rinlari yaratish, jon boshiga daromadni oshirish va kambag‘allikni qisqartirishga mas’ul bo‘ladi.

Tumandagi “Shodlik” mahalla fuqarolar yig‘iniga mas’ul bo‘lgan hokim yordamchisi Ma’rifatxon Saidova ishni mahallaning ijtimoiy holatini o‘rganib chiqishdan, hududda qilinishi lozim bo‘lgan bir qator muammo va masalalarni bartaraf etishdan boshladi.




 Hokim yordamchisi Ma’rifatxon Saidova, mahalla fuqarolar yig‘inining mas’ullari va potranaj hamshiralar ishtirokida ushbu mahallada yashovchi fuqarolar ixtiyoriy ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. 





Tibbiy ko‘rik davomida aholiga sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, tibbiy madaniyatni oshirish bo‘yicha ham tushuntirishlar berilmoqda.

Shuningdek, har bir xonadonda so‘rovnomalar o‘tkazilmoqda. Xonadonma-xonadon yurilib, aholining ijtimoiy holati hokim yordamchisi ishtirokida o‘rganilmoqda. Oilalarning daromad manbai, fuqarolarning tadbirkorlik yuritishiga bo‘lgan ishtiyoqi va ko‘nikmalari qayd etilmoqda.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram