Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
# ONLINE
2021-11-24 10:46:01 129
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021 yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan joriy yilning 23-24 noyabr kunlari mamlakatimizda “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining transport vositalari texnik holati va uskunalarga doir talablarga oid qismining (gaz balonlari bilan jihozlangan avtotransport vositalari xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar) Farg‘ona viloyatida ijro etilishi holatini o‘rganish belgilangan. Shunga ko‘ra, bugun viloyat hokimligining katta majlislar zalida ushbu o‘rganish yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish (videokonferentsaloqa tarzida) o‘tkazilmoqda.
Ushbu yig‘ilishda Qo‘shtepa tumani hokimligi studiyasidan tuman hokimining o‘rinbosarlari, mas’ul idoralar rahbarlari shuningdek, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri va Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari ishtirok etmoqdalar.