Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-10-12 20:47:17    121

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov kunlik ish rejasiga asosan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi xalq qabulxonasida o’zining navbatdagi qabulini o’tkazdi. Qabulda turli muammo va takliflar bilan kelgan 41 nafar fuqarolar bolalar puli va moddiy yordam ajratish, ish bilan ta'minlash, elektr va suv ta'minoti, bank, sog’liqni saqlash, tadbirkorlik, kadastr va shu kabi muammolar bilan qatnashdilar. Tuman hokimi tomonidan qabul jarayonida har bir murojaatga alohida e'tibor berilib, ushbu murojaatlarda ko’tarilgan muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan mas'ullarga muddatlar belgilangan holda tegishli ko’rsatmalar berildi.


Baland masjid mahalla fuqarolar yig’ini hududida istiqomat qiluvchi fuqaro M.Boboyevning murojaatida ko’tarilgan masalalar mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida joyida o’rganib chiqildi. Mas'ul rahbarlarga murojaatda ko’tarilgan ko’chalarni shag’allashtirish ishlarini 10 kun muddatda yakunlash hamda aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash, elektr ta'minotini yaxshilash va asfaltlashtirish ishlarini manzilli dasturga kiritish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.


Tuman hokimi Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 32-umumta'lim maktabida tashkil etilgan saylov uchastkasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan tuman rahbari mas'ul rahbarlarga saylovga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.


17-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida olib borilayotgan ta'mirlash ishlari hamda bolajonlarga yaratilgan shart-sharoitlar o’rganildi. Mas'ul rahbarlarga muassasada olib borilayotgan ta'mirlash ishlarini belgilangan talablar asosida sifatli bajarilishini ta'minlash va kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko’rish, shuningdek, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e'tibor qaratish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.


Vatan mahalla fuqarolar yig’ini hududida faoliyat ko’rsatib kelayotgan “Katta boltako’llik O’ktamxon” dehqon ho’jaligi tomonidan tashkil etilgan parrandachilik fermasi faoliyati bilan tanishgan tuman hokimi tadbirkorga faoliyatini kengaytirish hamda yangi ish o’rinlari tashkil etish yuzasidan tegishli takliflarini berdi.

Tuman hokimligida mutasaddi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida “Ijtimoiy soha ob'ektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi bo’yicha amalga oshirilagan ishlar” yuzasidan yig’ilish o’tkazildi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul rahbarlarga ijtimoiy soha ob'ektlarini kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram