Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 27 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-10-11 20:12:27    77

PDF yuklash
Chop etish



Aholi muammolarini o’rganish va ularni bartaraf etish maqsadida Qo’shtepa tumanidagi “Yoshlar markazi”da Farg’ona viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo’yicha o’rinbosari Xurshidjon Ahmedov tomonidan sayyor qabul o’tkazildi.

Unda boshqarma boshliqlari, shuningdek, Qo’shtepa tumani hokimi Ilyos Novikov va sektor rahbarlari, tuman hokimining o’rinbosalari hamda mutasaddi tashkilotlar mas'ullari ishtirok etishdi.

Qabulda jami 25 nafar jismoniy va yuridik shaxslar o’zlarining muammolari bilan ishtirok etdilar.

Sayyor qabulga kelgan har bir fuqaroning murojaati diqqat bilan tinglanib, masalalarga yechim topish choralari ko’rildi.

Qabul davomida kelib tushgan murojaatlarni o’rganib chiqish va natijasi bo’yicha muallifga ma'lum qilish uchun korxona, tashkilot va bo’limlarga tegishli topshiriqlar berildi.   


Tumanda kichik biznes, xususiy va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama rag’batlantirish, eksport faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalarni qo’llab-quvvatlash hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Tadbirkorlar uyida tuman hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikovning navbatdagi qabuli o’tkazildi. Qabulda tumanimizda faoliyat ko’rsatib kelayotgan 6 nafar tadbirkorlar turli masalalar bilan ishtirok etishdi. Qabul davomida ko’tarilgan taklif va muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan muddatlar belgilanib, tegishli korxona va tashkilot rahbarlariga ko’rsatmalar berildi.

26-umumta'lim maktabida bo’lgan tuman rahbari tashkil etilgan saylov uchastkasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, mas'ul rahbarlarga saylovga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.


16-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida bolajonlarga yaratilgan shart-sharoitlar o’rganildi. Sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e'tibor qaratish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.


Tuman hokimi tibbiyot birlashmasiga qarashli “Yangiobod” shifokor xizmat uyida bo’lib, muassasada aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish hamda koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mas'ul rahbarlarga aholini koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash bo’yicha tizimli ishlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


Shuningdek, tumandagi qishloq xo’jaligi tashkilotlari va fermer xo’jaliklari rahbarlari ishtirokida 2021 yil hosili uchun yetishtirilgan paxta hosilini yig’ib-terib olish hamda boshoqli don ekish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan joylarda yig’ilishlar o’tkazildi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul rahbarlarga paxta hosilini yig’ib-terib olish hamda boshoqli don ekish ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram