Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

2-SEKTOR HUDUDIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

×

 2021-05-01 15:07:42    118

PDF yuklash
Chop etish



2-sektor hududidagi Qoraqushchi mahalla fuqarolar yig’ini, Xamkor ko’chasining 700 metr qismiga toza ichimlik suvi tarmog’i tortilib, markaziy tarmoqqa ulashga shay qilib qo’yildi. Yaqin vaqt ichida shu kunga qadar suvni uzoqdan tashib ichgan 600 nafardan ziyod odamlar yil davomida obi-hayot bilan uzluksiz ta'minlanadi.


Kichik Beshkapa mahalla fuqarolar yig’inining Xilol ko’chasida bunyodkorlik ishlari olib borildi. Ko’chaning 1100 metr qismida tosh-shag’al yotqizish ishlari bajarilib, maxsus texnikalar bilan shag’al qatlamni zichlash, tekislash yumushlari bajarildi.


Mahalladagi “Beshkapa” qabristonida tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan obodonlashtirish ishlari olib borilib, qabristondagi daraxt ko’chatlar to’liq oqlanib, begona o’tlardan tozalandi.


Sektor hududidagi Qoraqushchi, Bo’ston va Quvurboshi mahalla fuqarolar yig’inlarida “Temir daftar”da ro’yxatda turuvchi 3 nafar imkoniyati cheklangan fuqarolarga nogironlik aravachalari berildi.

Katta Beshkapa mahalla fuqarolar yig’ini, Zakovat ko’chasiga 10 dan ortiq beton tayanch ustunlar o’rnatildi va 1000 metrdan ortiq elektr simlari tortilib, 450 dan ortiq xonadonlarning elektr ta'minoti yaxshilandi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram