Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 65 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

RASMIY MUNOSABAT

×

 2021-04-07 21:28:59    76

PDF yuklash
Chop etish



“Farg’ona haqiqati” gazetasining 2021 yil 26 martdagi 26-sonida Shoxsanam Eshmatovaning “Yoshlar hordiq chiqargani qayerga boryapti?!” nomli tanqidiy maqolasi chop etilgan edi.

Unda shunday deyiladi: “Qo’shtepa tumani Shakar MFYda bir necha muammolar ko’zga tashlandi. 900 nafardan ortiq yoshlar istiqomat qiladigan joyda bittagina kompyuter markazi bor,  xolos. Bilimga chanqoq yoshlar, qo’li gul chevar, pazanda qizlar uchun ham tikuvchilik yoki fan to’garaklari markazlarini uchratmadik.

– O’zimizdek to’p tepishga ishqiboz do’stlarim bilan qo’shni qishloq maktabi maydonida futbol o’ynab kelamiz. Ba'zida o’sha joylik bolalar bilan tortishib ham qolamiz. Bir necha marotaba bizga ham mini futbol maydonchasi qurib berishlarini so’rab, mahalla fuqarolar yig’iniga murojaat qildik. Tez orada masalani hal qilamiz deganlariga ham ancha vaqt bo’ldi, – deydi 19 yoshli Muhammadaziz To’lqinjonov.

Yoshlarga ta'lim olishi, mehnat qilishi uchun barcha shart-sharoitlar bor. Biroq, ko’ngil yozadigan, miriqib dam oladigan maskanlar nega yo’q? Mini futbol maydonchasi bo’shab, o’yin boshlanishini kutish uchun kamida 5 soat vaqt o’tishi kerak. Chunki katta qishloqqa bitta kichkinagina maydoncha yetishmaydi. Ba'zi joylarda esa shu ham yo’q...”

“Farg’ona haqiqati” gazetasida chop etilgan ushbu maqola tuman hokimligi tomonidan masalaga aloqador bo’lgan mutasaddilar ishtirokida o’rganildi.

O’rganish jarayonida qishloqdagi 18-umumiy o’rta ta'lim maktabida 1 ta katta futbol maydoni, 1 ta sport zali mavjudligi aniqlandi.

Tumandagi umumta'lim maktablarining sport inshootlaridan samarali foydalanish maqsadida barcha maktablarning sport inshootlari soat 16-00 dan kechki 22-00 ga qadar mahallalardagi uyushmagan yoshlar va sport bilan shug’ullanuvchi aholiga biriktirilgan. Shuningdek, sport murabbiylari hamda jismoniy tarbiya fani o’qituvchilari mas'ul etib tayinlangan.

Bundan tashqari, tashabbuskor tadbirkorni aniqlab, sport maydoni qurish uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 dekabrdagi “Tadbirkorlik va shaxarsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun bo’sh yer uchastkalarini berish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 1023-sonli qaroriga asosan yer maydoni ajratish rejalashtirilganligini ma'lum qilamiz.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram