Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUROJAATLAR YECHIMI NAZORAT OSTIDA

×

 2021-02-16 14:16:11    116

PDF yuklash
Chop etish


Yurtimizda aholi bilan muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammolarga tezkor va joyida yechim topishning zamonaviy va samarali mexanizmi yo’lga qo’yilgani odamlarning davlat hokimiyatiga, ertangi kuniga bo’lgan ishonchi mustahkamlanib, hayotdan rozi bo’lib yashashiga xizmat qilmoqda.   

Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikovning navbatdagi fuqarolar qabuli har galgidek tuman Xalq qabulxonasida bo’lib o’tdi. Unda hokim o’rinbosarlari, tuman Xalq qabulxonasi mudiri R.Abdullayev hamda aloqador idora va tashkilotlar rahbarlari va murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi.  

Qabul davomida tuman hokimi fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbatlashib, ularning murojaatlarini birma-bir tingladi.

Murojaatlarning aksariyati elektr ta'minoti, bolalar nafaqa pulini olish, meditsina, tadbirkorlik, bandlik va uy-joy bilan bog’liq masalalar yuzasidan bo’ldi.

– O’z uyimda oilaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochmoqchi edim – deydi Do’rmon mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi G.O’rinboyeva o’z muammosi bilan hokimga yuzlanib. – Tayyorgarlik ishlarimizni boshlab yubordik. Lekin hozirda moddiy tomondan biroz qiynalib qoldik. Shuning uchun kredit masalasida yordam berishingizni so’rayman.  

I.Novikov murojaatchi G.O’rinboyevaning muammolarini tinglab, masala yechimi nazoratga olinishini ma'lum qildi. Ushbu murojaat shu yerning o’zidayoq tegishli tashkilotga ijro uchun yo’naltirildi.

Shuningdek, Yangi do’kon mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi M.Azimovaning aynan shunday murojaati ham shu yerning o’zidayoq tegishli tashkilotga ijro uchun yo’naltirildi.

– Iqtisodiy ahvolimiz yaxshi emasligi sababli moddiy yordam berishlarini so’rab, murojaat qildim – deydi Yangi do’kon mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi M.Rasulova. – Hokimimiz murojaatimni tinglab, yordam berdilar. Oilamiz bandligini ta'minlash va daromad topishimiz uchun 10 bosh nasilli quyonlar beriladigan bo’ldi. Albatta biz bunday yordamdan minnatdormiz.   

Qabul davomida fuqarolardan 100 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi. Tuman hokimi tomonidan muammolar birma bir tinglandi va yechimiga e'tibor qaratildi. Aksariyat murojaatlar shu yerning o’zidayoq tegishli tashkilotlarga ijro uchun yo’naltirildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.

 

 




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram