Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Аholini roʼyxatga olish - muhim vazifa

×

 2019-10-10 15:25:20    335

PDF yuklash
Chop etish


Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi "Oʼzbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro’yxatga olishni oʼtkazish konsepsiyasini tasdiqlash to’gʼrisida”gi Farmoniga muvofiq respublikamizda iqtisodiy va ijtimoiy maʼlumotlar aniqligini taʼminlash va aholining yoshi, jinsi, milliy tarkibi, maʼlumot darajasi, nikoh holati, bandligi va boshqa tasniflari haqidagi maʼlumotlarni umumlashtirish maqsadida 2022 yilda aholini ro’yxatga olish tadbirini oʼtkazish belgilandi. Farmon ijrosi yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilib, Oʼzbekiston Respublikasining "Аholini ro’yxatga olish to’gʼrisida"gi Qonun loyihasi muhokamaga qo’yildi.

Xoʼsh, aholini ro’yxatga olish tadbiri iqtisodiy jihatdan bizga nima beradi?

Birinchidan, aholini ro’yxatga olish mehnat va uy-joy bozorlarini rejalashtirish, respublika byudjetini tuzish, transport siyosatini yuritish elektrenergetika, ijtimoiy taʼminot, sogʼlikni saqlash va taʼlim sohalari, tip va diniy siyosat masalalarida juda muhim ahamiyatta ega. Bir soʼz bilan aytganda, qaysi sohada boʼlmasin, kelajakni bashorat qilish zarur bo’lgan hollarda aholini ro’yxatga olish natijalarisiz ish tutib bo’lmaydi.

Ikkinchidan, undan aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni (yalpi ichki mahsulot, aholi daromadlari, sanoat mahsuloti hajmi, isteʼmol mahsulotlari hajmi, aholiga ko’rsatiladigan xizmatlar hajmi, qishloq xoʼjaligi mahsulotlari) hisoblashda foydalaniladi.

Uchinchidan, aholi ro’yxati respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligi. ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash hamda oilalarga yordam ko’rsatish boʼyicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda axborot manbai sifatida xizmat qiladi.

Toʼrtinchidan, mazkur maʼlumot aholi punktlarining infratuzilmasini yaxshilashda, mehnat resurslaridan foydalanish va joylashtirish bo’yicha qisqa, oʼrta va uzoq, muddatli dasturlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, bunday maʼlumotlar ilm-fan va jamiyatni axborot bilan taʼminlash uchun ham zarur.

Oʼzbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro’yxatga olishni oʼtkazish konsepsiyasiga muvofiq aholini ro’yxatga olish tadbirlarini oʼtkazish bilan bogʼliq harajatlar Oʼzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʼlari va qonun bilan ta’qiqlanmagan boshqa mablagʼlar hisobiga moliyalashtiriladi.

Аholini ro’yxatga olishga tayyorgarlik koʼrish va uni oʼtkazishga, uning materiallarini qayta ishlashga, natijalarini olish va eʼlon qilishga jalb etilgan xodimlarning mehnatiga haq toʼlash maxsus ishlab chiqilgan va tasdiqlangan normativlar asosida amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, hozirgi kunda 2022 yilda aholini ro’yxatga olishni oʼtkazish bo’yicha BMTning Аholishunoslik jamgʼarmasi, Statistika komissiyasi hamda Yevropa iqtisodiy komissiyasi bilan ham tashkiliy, uslubiy va moliyaviy jihatlar bo’yicha hamkorlik qilinmoqda.


Ahrorbek ASHUROV,

Qo‘shtepa tumani statistika bo‘limi bosh mutaxassisi