Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Tadbirkorlar murojaatlari ko’rib chiqilmoqda
2019-10-10 12:39:00 325
2019 yil 9 oktyabr kuni Qo’shtepa tumanidagi Tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonasida tuman hokimligi bilan hamkorlikda tadbirkorlar qabul qilindi.
Qabul jarayonida "Olimjon Farm Medikal" MCHJ rahbari G’.Qayumov dasturga asosan tuman markazida farmasevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, shuningdek, 60 ta yangi ish o’rni yaratish rejalashtirilganligini qayd etib, bugungi faoliyatni boshlash uchun barcha zaruriy uskuna va jihozlar olib kelinib o’rnatilganligini, xodimlar malaka oshirish uchun yuborilib, maxsus sertifikatlar olinganligini ma'lum qildi. Lekin, faoliyatini boshlash uchun litsenziya olish uchun tegishli talablarni bajarish zarurligini aytib, buning uchun ishlab chiqarish hududida qo’shimcha qurilish ishlarini olib borilishiga to’g’ri kelayotganligini ma'lum qildi. Shuning uchun tadbirkor ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish uchun bank krediti olishga majbur bo’layotganligi sababli amaliy yordam so’rab murojaat qildi.
Yakka tartibdagi tadbirkor U.Siddiqov “Qoraqushchi” MFY Bog’imaydon ko’chasida joylashgan bo’sh turgan noturar binodan samarali foydalanish maqsadida umumiy ovqatlanish shaxobchasi tashkil etib, qo’shimcha ikkita ish o’rni yaratayotganligini qayd etib, ijara asosida qonuniy tasarruf etish maqsadida amaliy ko’mak so’rab murojaat qildi.
Shuningdek, qabul jarayonida tadbirkorlar B.Roziqov, K.Raxmonov, Y.Mamadiyorov, A.Abdulaxatov va boshqalar ham ishtirok etib, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish va qo’shimcha ish o’rinlari yaratish maqsadida imtiyozli bank krediti ajratilishida amaliy yordam so’rab murojaat qildilar.
Qo’shtepa tumani hokimining o’rinbosari - tuman investitsiyalar va tashqi savdo bo’limi boshlig’i X.Ahmedov tadbirkorlik faoliyatini qo’llab quvvatlash, ularning qonuniy talablarini tezkor va samarali hal qilish ustuvor vazifa ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, tumanimizda tadbirkorlik muhitini rivojlantirish, investitsion jozibadorligini oshirishda tadbirkorlarga ishonchli ko’makdosh bo’lish zamon talabi ekanligini e'tirof etdi.