Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi tomonidan 2019 yil 25 sentyabr kuni tumandagi 8-umumta'lim maktabida “Ma'naviy-ma'rifiy davra suxbati” tashkil etildi
2019-09-25 18:33:21 314
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 sentyabrdagi “Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4436-sonli hamda viloyat hokimining 2019 yil 11 sentyabrdagi 325-sonli qarorlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida, ta'lim muassasalarining o‘quvchi-talabalari hamda pedagog-hodimlarining ekstremistik g‘oyalar ta'siriga tushib qolishini oldini olish choralarini ko‘rish maqsadida, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi tomonidan Yo‘ldoshobod mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 8-umumta'lim maktabida 2019 yil 25 sentyabr kuni yuqori sinf o‘quvchilari va mahalla faollari ishtirokida “Ma'naviy-ma'rifiy davra suxbati” tashkil etildi. Tadbirda 120 nafar ishtirokchilarga “Muttasiblar” nomli video rolik namoyish etildi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengshi raisi
A.Abdumalikov