Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 94 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Moddiy ta'minot pullarini o‘z vaqtida to‘lamagan otaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

×

 2019-09-25 16:59:27    232

PDF yuklash
Chop etish


Moddiy ta'minot pullarini oz vaqtida to‘lamagan otaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

   Fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudining 04.10.2013 yildagi ijro hujjatiga asosan, Qo‘shtepa tumani, Yangiariq MFY, Yangibo‘ston ko‘chasi, raqamsiz uyda yashovchi fuqaro Abdullayev Mansurbek Mo‘minjonovichdan undiruvchi Abduraximova Gulnora Xabibullayevna foydasiga uch nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta'minoti uchun har oyda ish haqi va boshqa daromadining ½ qism miqdorida aliment undirilishi belgilangan bo‘lib, qarzdor M.M.Abdullayev 2013 yil oktyabr oyidan 2019 yil mart oyiga qadar sud tomonidan belgilangan aliment to‘lovlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelgan.

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 140-moddasiga ko‘ra, agar aliment to‘lash shart bo‘lgan shaxs, aliment to‘lashi belgilangan davrda ishlamagan yoki daromadini tasdiqlovchi hujjat taqdim qilmagan bo‘lsa, aliment qarzi undirilayotgan vaqtdagi amalda bo‘lgan o‘rtacha oylik ish haqi hisobidan hisoblab chiqilishi ko‘rsatilgan. Davlat ijrochisining aliment qarzini hisoblash to‘g‘risidagi qaroriga asosan, qarzdor M.M.Abdullayevning 01.03.2019 yil holatiga 65 oylik aliment qarzi o‘rtacha oylik ish haqi hisobida hisoblanganda uni qarzi 50 962 665 so‘mni tashkil qilgan.

Shuningdek, Qo‘shtepa tuman ma'muriy sudining 2019 yil 14 yanvar kungi qaroriga ko‘ra qarzdor M.M.Abdullayevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasiga asosan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosini tayinlangan bo‘lsada, bundan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan voyaga yetmagan farzandini moddiy ta'minlashdan qasddan bo‘yin tovlab kelgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.M.Abdullayevning harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi JKning 122-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjudligini inobatga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Majburiy ijro byurosi Qo‘shtepa tumani

bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari U.O.Meliyev