Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Tuman hokimi I.V.Novikovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari yuzasidan navbatdagi qabuli o‘tkazildi
2019-09-24 15:37:36 349
2019 yil 24 sentyabr kuni tuman hokimi I.V.Novikovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari yuzasidan navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabulda tuman Xalq qabulxonasi mudiri R.Abdullayev, tuman hokimining o‘rinbosarlari hamda tashkilot rahbarlari qatnashdi.
Qabulda jami 18 nafar fuqarolar qatnashib, ular tomonidan turli sohadagi muammolar yuzasidan 22 ta og‘zaki murojaatlar kelib tushdi.
Qabuldagi murojaatlar yuzasidan tuman hokimi tomonidan tuman hokimining o‘rinbosarlari hamda tegishli korxona va tashkilot rahbarlariga ushbu murojaatlarda ko‘tarilgan muammo va kamchiliklarni qonunda belgilangan tartibda bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.
Shuningdek, ushbu murojaatlarni ijrosini nazorat qilish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.