Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Qo'shtepa tumani hokimining 2019 yil 12 sentyabr № 4693 sonli qarori
2019-09-23 19:31:52 260
2019 yil 12 sentyabr № 4693
2019 yilning II choragi davomida Qo‘shtepa tuman mahalliy byudjetining daromadlari va xarajatlari rejasiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 148-moddasiga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013 y., 52-I-son) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunning (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 y., 9-son, 320-modda) 25-moddasini qo‘llab
QAROR QILAMAN:
1. Xalq deputatlari Qo‘shtepa tuman Kengashining 2019 yil 12 iyuldagi 264/65-5-sonli O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yilning II choragi davomida kiritilgan bildirishnomalari, viloyat hokimi va tuman hokimining qarorlari, farmoyishlari hamda tuman hokimligi moliya bo‘limining taqdimnomalariga muvofiq, 2019 yilning II choragi davomida tuman mahalliy byudjetining tasdiqlangan ko‘rsatkichlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori ma'lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Qo‘shtepa tumani mahalliy byudjetining 2019 yil II chorak:
- daromadlari rejasiga kiritilgan o‘zgartirishlar 1-ilovaga muvofiq;
- xarajatlari rejasiga kiritilgan o‘zgartirishlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Qo‘shtepa tuman hokimligi moliya bo‘limi (A.Ismoilov)ga 2019 yilning II choragida tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar rejasiga ilovalarga muvofiq byudjet parametrlarida belgilangan tartibda tegishli o‘zgartirishlar kiritish va ularning hisobini yuritish vazifasi yuklatilsin.
4. Tuman hokimligi “Istiqbol yo‘li” gazetasi taxririyatiga mazkur qarorni rasman e'lon qilish va mazmun moxiyatini keng jamoatchilikka yetkazish tavsiya etilsin hamda tuman hokimligi AKT mutaxassisiga tuman hokimligining rasmiy veb-sayitiga joylashtirish vazifalari yuklatilsin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari B.Taniqulov zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi I.Novikov