Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
"Muruvvat - ko'ngildan boshlanadi"
2019-08-10 12:13:47 246
Kuchli ijtimoy himoya siyosatini amalga oshirish mustaqillikning ilk kunlarida ishlab chiqilgan va dunyoda e’tirof etilgan o‘zbek modelining muhim tamoyillaridan biri ekanligi bugungi kunda hammamizga yaxshi ma’lum. O‘tgan davr mobaynida respublikamizda nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan yuzdan ziyod normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilib, amaliyotga tadbiq etildi. Kuchli ijtimoy himoya siyosatini amalga oshirish mustaqillikning ilk kunlarida ishlab chiqilgan va dunyoda e’tirof etilgan o‘zbek modelining muhim tamoyillaridan biri ekanligi bugungi kunda hammamizga yaxshi ma’lum. O‘tgan davr mobaynida respublikamizda nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan yuzdan ziyod normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilib, amaliyotga tadbiq etildi.
Qo‘shtepa tumanidagi og‘ir turmush sharoitida yashayotgan, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni nogironlar aravachasi va boshqa reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash maqsadida, joriy yilning 9 avgust kuni Qo‘shtepa tumani hokimi, tuman Xalq qabulxonasi mudiri, tuman IIB boshlig‘i, tuman hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi hamda tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i shaxsan nogironligi bo‘lgan 9 nafar xotin-qizlarni uylariga borib, ularni holidan xabar olib, kelayotgan “Qurbon” xayiti bilan tabriklab, ularga oziq-ovqat maxsulotlari hamda reabilitatsiya vositalari (nogironlik aravachasi, qo‘ltiq tayoq, eshitish moslamasi) tarqatdilar.
B.Ro'zioxunov olgan fotosuratlar