Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Bloger Baxodirxon Eliboevning Facebook ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirgan 2019 yil 7 avgust kungi “Bandachilikmi bandichilikmi?” sarlavhali materialiga Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani Obodonlashtirish boshqarmasining raddiyasi
2019-08-08 08:41:18 224
Bloger Baxodirxon Eliboevning Facebook ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirgan 2019 yil 7 avgust kungi “Bandachilikmi bandichilikmi?” sarlavhali materialiga Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani Obodonlashtirish boshqarmasining
RADDIYASI
Rishtonlik bloger Baxodirxon Eliboevning “Bandachilikmi bandichilikmi?” sarlavhali materialida Qo‘shtepadan ertalab olingan xabarga ko‘ra, Qo‘shtepada 3 ta mayit turganligi, go‘rkovniyam viloyat hokimi topshirig‘i deb Rishton tumaniga ishlashga olib ketilganligi hamda go‘r kovlaydigan odam ham qolmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bayon qilingan.
Qo‘shtepa tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi qabristonlarda go‘rkovlar shtat birligi yo‘qligi sababli, go‘rkovlar mahalla ahli tomonidan ibodatli, ilmli, iymonli fuqarolardan tanlab olinadi. Qo‘shtepa tumani Obodonlashtirish boshqarmasi go‘rkovlar faoliyatiga aralashishga hech qanday vakolatga ega emas.
Shuningdek, Qo‘shtepa tumani Obodonlashtirish boshqarmasiga viloyat hokimi tomonidan Rishton tumaniga odamlarni xasharga jalb qilish topshirig‘i berilmagan.
Shu sababli, ushbu material haqiqatdan yiroq bo‘lib, asossiz ma’lumotlarga tayangan holda tayyorlangan.
Qo‘shtepa tumani Obodonlashtirish
boshqarmasi boshlig‘i M.Ro‘ziboyev