Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“kun.uz” rasmiy saytining muhbiri Elmurod Ermatovning Facebook va Telegram ijtimoiy tarmoqlariga joylashtirgan 2019 yil 6 avgust kungi “Qo‘shtepa tumani hokimi kimdan yashirinadi?” maqolasiga Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani hokimligining raddiyasi
2019-08-06 21:53:05 257
Elmurod Ermatovning www.kun.uz rasmiy saytining Facebook va Telegram ijtimoiy tarmoqlariga joylashtirgan 2019 yil 6 avgust kungi
“Qo‘shtepa tumani hokimi kimdan yashirinadi?” maqolasiga Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani hokimligining
RADDIYASI
“kun.uz” rasmiy saytining muhbiri Elmurod Ermatovning Qo‘shtepa tumani hokimligi binosiga kirishda qiyinchiliklar va fuqarolarni binoni o‘ragan baland panjaralar to‘xtatadi mavzusidagi video-roligini asossiz deb hisoblaymiz.
Tuman hokimligiga kelgan fuqarolar uchun hokimlikning eshiklari doimo ochiq bo‘lib, hech qanday qiyinchiliklarsiz qabullarga kirib chiqishayotganligi va bundan tashqari xaftaning seshanba va shanba kunlari tuman hokimi tomonidan tuman hokimining o‘rinbosarlari hamda tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo‘shtepa tumanidagi Xalq qabulxonasi hamda tuman hududidagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida va “Obod qishloq” Dasturiga kiritilgan qishloqlarda doimiy sayyor qabullar o‘tkazilib, fuqarolarning murojaatlari joyida hal etilib kelinmoqda.
Bundan tashqari xaftaning chorshanba kunlari tumanda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning muammolari hal etib kelinmoqda.
Shuningdek, “kun.uz” rasmiy sayti muhbiri Elmurod Ermatov tuman hokimligiga kelgan vaqtida hokimlikka kirish uchun kutib turgan fuqarolar nazorat posti oldida yo‘qligi va tuman hokimi qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha fermer xo‘jaliklarining paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnika tadbirlarini nazorat qilish uchun hududda bo‘lganligi, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari tumanda eksport salohiyatini oshirish maqsadida “Nurafshon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Sarmozor eksport servis” firmasining eksport masalalari bilan shug‘ullanayotganligi, tuman hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari 2019 yil “Obod qishloq” Dasturiga kiritilgan “Solijonobod”, “Yangihayot” va “Yangiobod” qishloqlarida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan band bo‘lganligi sababli muhbir bilan uchrashishni imkoni bo‘lmagan.
kun.uz” rasmiy sayti muhbiri Elmurod Ermatov tuman hokimligiga kirish qismida turgan navbatchi xodimdan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i M.Ro‘ziboevni topib berishni so‘rab qilgan murojaatiga navbatchilikda turgan xodim tomonidan Obodonlashtirish boshqarmasining binosi joylashgan manzili hamda xizmat telefon raqamini berishiga qaramay topib berishni talab qilgan va topib bersa tuman hokimligidan ketishini bildirgan. (Raddiya.PDF)
Qo‘shtepa tumani hokimligi
axborot xizmati xodimi O.Esonaliyev