Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
2019 yil 16 iyul kuni tuman hokimi I.Novikovning tuman Xalq qabulxonasida navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi.
2019-07-16 17:46:38 294
2019 yil 16 iyul kuni tuman hokimi I.Novikovning tuman Xalq qabulxonasida navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabulda tuman Xalq qabulxonasi mudiri R.Abdullaev, tuman hokimi o‘rinbosarlari hamda tashkilot rahbarlari qatnashdi.
Qabulda jami 25 nafar fuqarolar qatnashib, ular tomonidan 21 ta murojaatlar bildirilib ular:
Yurak operatsiyasi bo‘yicha amaliy yordam, moddiy yordam, namunaviy uy-joy olish, davolanishga yordam berish, "Sog‘lom avlod" jamg‘armasini ishlarini yuritish uchun kredit olish, ishga joylashish, imtiyozli kredit olish, sog‘ligini tiklash uchun yo‘llanma olish, tomorqa sug‘orish uchun suv, Xaj-Umra, uy-joyini ta’mirlashga yordam berish, "Fayzli Odil" fermer xo‘jaligidan zovur ochish uchun er ajratish, uy-joy olish va boshqa masalalarda murojaatlar kelib tushdi.
Qabuldagi murojaatlar yuzasidan tuman hokimi I.Novikov o‘rinbosarlariga va tashkilot rahbarlariga tegishli chora tadbirlarni belgilab, murojaatlarni qisqa muddatlarda qonuniy xal qilish choralarini ko‘rishliklari uchun topshiriqlarni berdi.