Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Qo‘shtepa tuman G‘ishtmon MFY xududida joylashgan G‘ishtmon Madaniyat uyida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” bo‘lib o‘tdi.

×

 2019-07-13 16:11:29    293

PDF yuklash
Chop etish


Qo‘shtepa tumani “Aholi bandligiga ko‘maklashish” markazi tomonidan, Qo‘shtepa tuman G‘ishtmon MFY xududida joylashgan G‘ishtmon Madaniyat uyida,  2019 yil 13 iyul kuni tashkil qilingan “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” bo‘lib o‘tdi.

Mehnat yarmarkasida, tuman hokimi, tuman Prokurori, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tuman Xalq qabulxonasi, Madaniyat bo‘limi, tumandagi Elektr tarmoqlari korxonasi, Suvoqаva, tuman Хalq ta’lim bo‘limi hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablari, Maktabgacha ta’lim bo‘limi va maktabgacha ta’lim muassasalari, Obodonlashtirish  bo‘limi, Hunarmandlar uyushmasi, tijorat banklari, tuman Tibbiyot birlashmasi, DSI,  tuman mahalla fuqarolar yig‘inlari, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari va ma’sul xodimlari, va tadbirkorlar, kasb-xunar kollejlari bitiruvchilari qatnashdi.

Qo‘shtepa tuman hokimi I.V.Novikov “Mehnat yarmarkasi”ni ochib, bo‘lib o‘tayotgan mehnat yarmarkasiga tumandagi ish bilan band bo‘lmagan, ishga joylashishga muhtoj bo‘lgan fuqarolar qatnashayotganligi ularning aksariyat qismini og‘ir sharoitga tushib qolgan ayollar, kasb-xunar kollejlari hamda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari jalb etilganligi ularni shu bugungi kunda bandligini ta’minlash hammaning muhim vazifasi ekanligini takidlab o‘tdi.

Ushbu “Mehnat yaramarka”da tumandagi 30 korxonalarda 278 ta (“Usta Qayum” MCHJ 25 ta tikuvchilik, “Uniform plus” MCHJ 25 ta tikuvchilik, “SHodlik fayz” MCHJ 10 tatikuvchilik, “Zamondosh yoshlar” MCHJ 20 ta xizmat ko‘rsatish, Uznur lord textile MCHJ 25 ta tikuvchilik)bo‘sh ish o‘rinlari mavjud bo‘lgan holda ish beruvchi korxona, tashkilot va muassasa raxbarlari ishtirok etdi.


Bevosita mutassaddi rahbarlar ham “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil qilinganligini, mehnat bilan band bo‘lmagan aholi sonini 2019-yil davomida keskin qisqartirish bo‘yicha hamda tumandagi jamoat idoralari bilan xamkorlikda kichik va o‘rta biznes sohasini yanada rivojlantirish hisobiga, shuningdek tumandagi hunarmandchilik asosida ishlovchi sub’ektlarini rivojlantirish va qo‘llab quvvatlash hisobiga kasb-xunar kollejlari bitiruvchi yoshlarini doimiy ish bilan ta’minlash ishlarini doimiy nazoratga olinganligi to‘g‘risida so‘z yuritdilar.

Bo‘lib o‘tgan mehnat yarmarkasiga tumandagi 145 nafar fuqarolar jalb qilindi. Ulardan ishlash istagida bo‘lgan 22 nafar (“Usta Qayum MCHJga 2 ta, Olimjon medikal servis xususiy korxonasiga 3 nafar, “Fiberklas” oilaviy korxonasiga 2 nafar) fuqarolarimiz O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 13.10.1999 yilda 831-son bilan ro‘yxatga olingan Nizom talablari asosida ish qidiruvchi shaxs sifatida ro‘yhatga olinib, shu kuning o‘zida 22 nafar fuqarolarimiz doimiy ish o‘rinlariga ishga joylashtirish bo‘yicha yo‘llanmalar berilib, ishga joylashtirildi.


Qolgan 123 nafar fuqarolarga mehnat qonunchiligi, yangi tashkil etilgan va etilayotgan bo‘sh ish o‘rinlari, vakant ish o‘rinlari to‘g‘risida hamda tijorat bank raxbar mutaxasislari tomonidan imtiyozli bank kreditlari miqdorlari, kredit xujjatlari, kredit berish tartiblari va boshqa masalalarda tushuntirishlar berildi.

Bugungi bo‘lib o‘tgan mehnat yarmarkasi oldingilariga nisbatan uyushqoqlik bilan tashkil qilinganligi va qoniqarli o‘tganligini bundan keyingi mehnat yarmarkalarini ham yuqori darajada o‘tkazish kerakligi belgilanib olindi.

B.Ro'zioxunov olgan fotosuratlar