Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Tuman hokimining Xalq qabulxonasida navbatdagi qabuli bo'lib o'tdi
2019-07-02 15:51:21 244
2019 yil 2 iyul kuni tuman hokimi I.Novikovning tuman Xalq qabulxonasida navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabulda tuman Xalq qabulxonasi mudiri R.Abdullaev, tuman hokimi o‘rinbosarlari hamda tashkilot rahbarlari qatnashdi.
Qabulda jami 23 nafar fuqarolar qatnashib, ular tomonidan 24 ta murojaatlar bildirilib ular:
"Mavj-Quvonch-Ziyo" MCHJ ni rivojlantirishda amaliy yordam berish, otasidan qolgan uy-joylarni uy-xujjatlarini tayyorlashga yordam, uy-joy qurishda moddiy yordam berish, davolanishga yordam berish, yo‘llarini kengaytirish, dexqonchilik qilish uchun er ajratish, issiqxona qurish uchun er ajartish, uy-joy olish, uzluksiz elektr ta’minotini ta’minlash, moddiy yordam olish, ishga joylashishga yordam berish va boshqa masalalarda murojaatlar kelib tushdi.
Qabuldagi murojaatlar yuzasidan tuman hokimi I.Novikov o‘rinbosarlariga va tashkilot rahbarlariga tegishli chora tadbirlarni belgilab, murojaatlarni qonuniy xal qilish choralarini ko‘rishliklari uchun muddatli topshiriqlarni berdi.