Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
''Hokim va yoshlar'' uchrashuvi
2019-06-28 19:09:57 342
Kelajak egalari bo‘lgan yoshlarni har tomonlama yetuk va barkamol inson bo‘lib kamol topishlari yo‘lida mamlakatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning chek-chegarasi yo‘q. O‘zbekiston Respublikasining harakatlar strategiyasida xam yoshlar masalasi ustivor yo‘nalish sifatida belgilab qo‘yilganidan Vatan ertasining muqarrar egalariga befarq qarashlarga chek qo‘yilishi shart ekanini o‘qish mumkin. Bugungi kunda yaratilayotgan imkoniyatlardan foydalanayotgan o‘g‘il-qiz borki hayotda o‘zining mustaxkam o‘rniga ega bo‘lishi yo‘lida tinmay izlanmoqda.
Ana shunday izlanuvchan va bilimga chanqoq yoshlar esa Qo‘shtepa tumanida ham yetarlicha topiladi. Yaratganning eng buyuk va eng oliy kashfiyoti hisoblangan inson ulg‘ayib voyaga yetar ekan, uning xayoti davomida bosqichma-bosqich quvonchli damlar yuz beradi. 2019 yilning 27-iyun kuni Qo‘shtepa tumanidagi “G‘ishtmon” MFY da “Hokim va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda tumani xokimi I.Novikov tumani hokimining o‘rinbosari A.Yusupov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi raisi A.Abdumalikov, “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi Qo‘shtepa tuman filiali rahbari D.Mallaxanov, umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda kasb-hunar kollejlarining yoshlar etakchilari ishtirok etdilar. Ochiq muloqot tarzda tashkil etilgan tadbir avvalida so‘z olgan tumani hokimi I.Novikov mukammal va mustaxkam bilimning asosi, bu-tinmay o‘qish va izlanish, egallagan bilim va ko‘nikmalarini amaliyotga joriy eta olish esa yetuk tajribali mutaxassis bo‘lishning eng birinchi qoidasi ekanligini ta’kidladilar.
Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muhim tashabbuslarida ko‘zda tutilayotgan maqsad va vazifalar, ayni kunlarda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yangi loyihalar muloqotlarda bayon etildi. O‘tkazilgan tadbirda yoshlar muhtaram Prezidentimizni 5 ta muhim tashabbuslari ijrosini ta’minlashga doir o‘z taklif va tashabbuslarini bildirib o‘tdilar.
Uchrashuv davomida “Yoshlar-kelajagimiz” davlat dasturining qabul qilinganiga bugun 1 yil to‘lgani munosabati bilan “Yoshlar-kelajagimiz” jamgarmasi Qo‘shtepa tuman filiali raxbari D.Mallaxanov o‘tkan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berdi, Hamkor tashkilotlarga jamg‘arma nomidan minadorchilik bildirgan holda tadbirkorlik bilan shug‘ulanmokchi bo‘lgan yoshlarga jamg‘arma tomonida qo‘lab quvvatlanishini ta’kidlab o‘tidi.
Respublikamizda “Yoshlar-kelajagimiz” davlat dasturining qabul qilingani bu yo‘nalishda olib borilayotgan isloxotlarning salmog‘ini oshirishga xizmat qilayotgani bilan axamiyatlidir. Mamlakatimizda yoshlar va ularning taqdiri davlat siyosatining xamisha birinchi o‘rnida turadi. Chunki, kelajak hayotimizning hal qiluvchi kuchi ham bu yoshlardir.
Yoshlari bilimdon yurtning esa ertasi porloq va farovon bo‘lishi shubxasiz.
Yoshlar tomonidan bildirilgan fikrlarda kitob mutoolasi, kutubxonalar faoliyati, yoshlarning adabiyot va sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish bilan bog‘liq mavzular ilgari surildi. Ushbu yo‘nalishlarda ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida zaruriy ma’lumotlar berilar ekan, yoshlar oldida turgan muhim vazifalar ya’ni o‘qish, dars mashg‘ulotlarida to‘liq ishtirok etish, huquqbuzarlik va jinoyatchilik kabi beboshliklardan o‘zini tiya bilish singari ko‘plab masalalarda muloxazalar o‘rtaga tashlandi. Muloqot yakunida mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol ishtirok etayotgan izlanuvchan, tashabbuskor yoshlarga tuman hokimligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari topshirildi.
“Yoshlar kelajagimiz” jamg‘armasi
Qo‘shtepa tuman filiali rahbari D.Mallaxanov