Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Oʻzbekiston va Belarus munosabatlari yangi bosqichga chiqdi

×

 2018-09-13 19:02:37    233

PDF yuklash
Chop etish


Samarali muzokaralardan soʻng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi boʻldi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko Qoʻshma bayonotni imzoladi.
Tashrif doirasida sheriklikning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha 19 hujjat imzolandi. 2019-2023-yillarda sotsial-iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisidagi hukumatlararo shartnoma va uni amalga oshirish dasturi ular orasida alohida ahamiyatga egadir.
Bundan tashqari, kuni kecha oʻtgan biznes-forumda umumiy qiymati 230million dollardan ortiq boʻlgan shartnoma va bitimlar imzolangani taʼkidlandi.
Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun oʻtkazilgan brifingda davlat rahbarlari muzokaralar ochiq va ishonch ruhida oʻtgani, natijalar shunga yarasha mustahkam va keng koʻlamli boʻlishini qayd etdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Belarus Prezidentining 24 yildan keyingi tashrifi tom maʼnoda tarixiy boʻlgani, ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlikni amaliy mazmun bilan boyitganini taʼkidladi.
Tashrif davomidagi muhokamalar Oʻzbekiston va Belarusning koʻp qirrali sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga intilishini tasdiqladi. Bu oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga kuchli surʼat bagʻishlab, uni sifat jihatidan yangi, yanada yuksak bosqichga olib chiqadi, dedi davlatimiz rahbari.
8d9c01e1-8e58-c245-1dc1-b7b1e1022de2.jpg
Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning rasmiy tashrifi davom etmoqda.
Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati maʼlum qildi.

                                                                                                                 Ma'lumot manbasi:www.uza.uz