Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Tuman hududidagi barcha avtotransport vositalarini 2018 yil uchun majburiy texnik korikdan o'tkazish to'g'risida

×

 2018-08-06 09:02:21    297

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi “Yo’l harakati xavfsizligi to’g’risida”gi qonuniga muvofiq (O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to’plami. 2013 y. 15-son 197-modda), O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2003 yil 31-yanvardagi “Transport vositalarini majburiy texik ko’rikdan o’tkazish tartibi to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash xaqida”gi 54—sonli qarori (O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to’plami, 2013 y. 1-2-son 17-modda) va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2003 yil 31-yanvardagi “Transport vositalarini majburiy texik ko’rikdan o’tkazish tartibini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 1010—sonli qarori (O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2017 y. 09/17/1010/0461-son) ijrosini ta’minlash maqsadida Qo’shtepa tuman hokimligi 2018 yil 07 mart kuni “Tuman   xududidagi barcha davlat tasarrufidagi  va shaxsiy avtomototransportlar,  tirkamalar va  yarim  tirkamalarni 2018 yilgi majburiy texnik ko’rikdan o’tkazish to’g’risida” gi 497-sonli qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq Qo’shtepa tumanida transport vositalarini majburiy texnik ko’rikdan o’tkazish bo’yicha komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq, Qo’shtepa tumanida yuridik va jismoniy shaxslarning avtomototransport vositalarini majburiy texnik ko’rikdan o’tkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi, tumanda tijorat asosida yo’lovchilar tashish uchun foydalaniladigan engil avtomobillar, avtobuslar va o’tiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq bo’lgan (haydovchi o’rnidan tashqari), odamlarni mumtazam tashish uchun jixozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, og’ir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularning tirkamalari-bir yilda ikki marta, birinchi marta 1 martdan- 30 iyungacha, ikkinchi marta 12 sentyabrdan 31 oktyabrgacha texnik ko’rikdan o’tkazilganligi, komissiya tarkibaga kiritilgan mutaxasislarni asosiy ish joyidan oylik ish haqi va lavozimi saqlangan holda tuman ichki ishlar bo’limi yo’l harakati xavfsizligi gurihi ixtiyoriga 2018 yilning 1 yanvaridan
1 noyabrigacha yuborish tegishli tashkilot, korxona va xo’jalik raxbarlari zimmasiga yuklatilganligi hamda tuman Ichki ishlar bo’limi yo’l harakati xavfsizligi guruhi ro’yxatida turuvchi yo’lovchi tashish faoliyati bilan shug’ullanuvchi avtobus va kichik avtobuslarni texnik ko’rigini o’tkazish belgilangan jadval asosida «G’ishtmon Fayz Invest» MChJ avtosaroyida avtomabillarning texnik qarovi va ta’mir ishlarini bajarish uchun qulayliklar mavjudligini xisobga olgan xolda taraflarni erkin shartnoma tuzilgan holda o’tkazilishi tuman hokimi mazkur qarori bilan  tasdiqlandi.