Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Investitsion loyihalar muhokama etildi.
2018-07-27 18:11:29 262
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 26 iyul kuni xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish, bu boradagi qoloqliklarni bartaraf etish, sarmoyalarni o’zlashtirishni jadallashtirish masalalariga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishi bo’lib o’tdi. Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriqlar va vazifalar o’z vaqtida bajarilishi yuzasidan 27 iyul kuni tuman hokimligi yig’ilishlar zalida tuman hokimi I.Novikov boshchiligida tegishli tashkilot rahbarlari va tadbirkorlar ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi. Tuman hokimi davlat rahbarining “Investistiya loyihalari, jumladan, to’g’ridan-to’g’ri investistiyalar ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirishda oldimizga juda katta marralarni qo’ymoqdamiz. Prezident qarorlari bilan bu boradagi barcha to’siqlar olib tashlandi. Endi biron-bir bahonaga sabab qolmadi” degan so’zlarini mazmun-mohiyatini yig’ilish qatnashchilariga tushuntiib o’tdi. Yig’ilishda kun tartibiga qo’yilgan masala yuzasidan loyiha tashabbuskorlari bilan suhbat o’tkazildi. Suhbat davomida tuman hokimi I.Novikov “Ziroat baxt”, “Quvonch baror servis”, “Davri tursin” MJCh loyihalarida belgilangan kreditlarni o’z vaqtida olishlari uchun Xalq banki Qo’shtepa tuman filiali hamda Agrobank Qo’shtepa tuman filiali boshqaruvchilariga aniq topshiriqlar berdi. Yig’ilish so’ngida xaftaning har jumasi “Tadbirkorlar kuni” etib belgilash va shu kuni tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarini qonuniy tartibda hal etishga kelishib olindi.