Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Respublika ishchi guruhi aholi muammolarini hal etmoqda
2025-02-05 16:41:25 71
Shu kunlarda Qo‘shtepa tumanida bo‘lib turgan Respublika ishchi guruhi a’zolari tomonidan turli yo‘nalishlarda o‘rganishlar olib borilmoqda. Shuningdek, aholini yillar davomida qiynab kelayotgan eng dolzarb muammolar ham o‘rganilib, ijrosi nazoratga olinmoqda.
Jumladan, tumanimizning chekka hududlaridan hisoblangan “Katta beshkapa” mahallasining Yangiobod ko‘chasida yashovchi Nasiba Boltaboyeva sektor rahbarlariga murojaat qilib, o‘zi istiqomat qilayotgan ko‘chadagi qo‘lbola tayanchlarni temir beton tayanchlarga almashtirishda amaliy yordam so‘ragan edi.
Fuqaroning murojaati ishchi guruhi tomonidan o‘rganilib, ijobiy hal etish choralari ko‘rildi. Nasiba Boltaboyeva istiqomat qilayotgan Yangiobod ko‘chasiga tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan qo‘lbola usulda o‘rnatilgan terak simyog‘ochlar o‘rniga 15 dona temir beton tayanch(stolba)lari o‘rnatish uchun amaliy ishlar boshlandi.