Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 121 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Qo‘shtepa tumanida Respublika ishchi guruhi tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi

×

 2025-02-05 12:36:01    60

PDF yuklash
Chop etish


Ayni kunlarda viloyatimizning mahallalarida ishchi guruhi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Uning tarkibiga Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonasi boshchiligida Oliy sud, Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar, Mudofaa, Adliya, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi, Sog‘liqni saqlash vazirliklari hamda boshqa qator idoralardan mas’ul rahbar va xodimlar jalb etilgan.

Xususan, aholi muammolarini tezkor va samarali hal etish maqsadida hududlarda ommaviy sayyor qabullar tashkil etilmoqda. Qo‘shtepa tumanidagi “Qiyqi” MFY hududida joylashgan Madaniyat markazida Marg‘ilon shahar,  Oltiariq, Yozyovon, Qo‘shtepa va Toshloq tumanidan kelgan fuqarolar uchun qabul tashkil etilib, unda turli masalalardagi murojaatlar tinglandi.