Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Respublika ishchi guruhi Qo‘shtepa tumanida
2025-02-05 08:28:27 75
Ayni kunlarda Qo‘shtepa tumanida bo‘lib turgan Respublika Ishchi guruhi a’zolari tumandagi Bolalar va o‘smirlar sport maktabida tashkil etilgan sport to‘garaklari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Muassasada bolalarga yaratilgan shart-sharoitlar, qolaversa kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ham o‘rganildi.
Shuningdek, ishchi guruh Qo‘shtepa tumani 2-sonli politexnikumiga ham tashrif buyurib, o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. O‘quvchilarni darsda olgan nazariy bilimlari o‘rganilib, muassasada yangi tashkil etilgan, “Ochiq byudjet” loyihasi asosida qurib bitkazilgan “Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish” ustaxonasidagi jarayonlar va yaqinda tashkil etilgan “Nemis tili”ni o‘rgatish o‘quv kursining faoliyati ham o‘rganildi.
O‘rganish davomida mas’ullarga muassasa faoliyatini yanada jonlantirish yuzasidan aniq ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.